O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan talabalarning ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, gaz, suv, elektr ta’minoti holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 6-dekabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti dekan muovinlari Sh.Usmonova, N.Yaxyayeva va tyutorlar H.Shosaidova hamda N.O'roqboyeva ijarada yashaydigan talabalarning yashash manzillariga tashrif buyurdi.

O‘rganishlar davomida talabalar turar joylarining yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelish holatlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqotlar chog‘ida talabalarga uyda ham, ko’chada ham tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarlicha tushuntirishlar berildi.

2023-12-07 04-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi