2023-yil 20-dekabr kuni Xitoy taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi Grantlar boʻlimi direktori Hu Ziyaun, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan ishlash boʻlimi direktor oʻrinbosari Wang Huichang, Taʼlim dasturlari boʻlimi koordinatori Wang Panyu hamda Shanghai chet tillar universiteti Rus va Yevrosiyo tillari fakulteti professori Dong Ran OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov kutib oldi. Tashrif doirasida universitet rahbariyati vakillari va mehmonlar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda OʻzDJTU faoliyati boʻyicha batafsil maʼlumot berdi. Muloqot chogʻida tomonlar Markaz va Lyaod ununiversiteti bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

2023-12-22 01-07

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi