Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish maqsadida 26 ta soha bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etilgan.

Bugun O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Tillar” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ilk yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ushbu sohaning yetakchi va turdosh oliy ta’lim muassasasi rahbarlari, professor-o‘qituvchilaridan iborat jami 40 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Anjumanda Kengashning Nizomi, tarkibi va reglamentlari tasdiqlanib, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini xorijiy tajriba asosida muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

2023-06-19 05-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi