8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan koʻp yillik samarali mehnati va oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun bir guruh ayol ustozlar, professor-oʻtuvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida OʻzDJTUda faoliyat yuritayotgan, universitet ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan xodimalar ham bor. 

Ana shunday eʼtirofga sazovor boʻlgan Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi professori Ashurova Dilyaram Umarovna, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №3 kafedrasi dotsenti 
Tuxtaxodjayeva Zulfiya Tuxtayevna, Tahririy-nashriyot boʻlimi “Filologiya masalalari” jurnali bosh muharriri Bakiyeva Gulandom Xisamovna hamda Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Qodirova Kamala Salixovnalarni universitet jamoasi ham muborakbod etadi!

2024-03-12 02-16

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi