Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetiga Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich dekan etib tayinlandi.

Yo‘ldoshev Ulug‘bek 1988-yilda tugʻilgan. Falsafa doktori (PhD).

U 2011-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr yo‘nalishi, 2013-yilda shu muassasaning magistratura mutaxassisligini tamomlagan.  

2014–2023-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, tayanch doktoranti, ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan.

2023-09-15 08-18

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi