Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov va universitet vakillarining Ispaniya Qirolligidagi xizmat safari davom etmoqda. 

Tashrif doirasida Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ispaniya universitetlari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Ispan tili boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi va ikki tomon oʻzlarining esdalik sovgʻalarini ulashdi.

2023-11-21 08-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi