Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet vakillari Ispaniya universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida  23-noyabrdan 24-noyabrga qadar Ispaniya Qirolligining Kadis shahrida joylashgan Kadis universitetida boʻlib turibdi. Shuningdek, universitetda tashkil etilayotgan tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Bugun 23-noyabr kuni Ispaniya Qirolligining Kadis shahrida joylashgan Kadis universitetida Oʻzbekiston-Ispaniya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining konferensiyasi oʻz ishini boshladi. Unda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov ham ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Konferensiya davomida yangi oliygohlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtdi.

2023-11-23 06-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi