Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Muitov Davron Sobirovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Media va kommunikatsiya fakulteti ilmiy va innovatsion ishlar  boʻyicha dekan muovini etib tayinlandi. 

Mehnat faoliyati: 
1988-1989 yillarda — Toshkent boshqurulish boshqarmasi, birinchi toifali boʻyoqchi
1989-1993 yillarda — Toshkent davlat universiteti talabasi
1994-1996 yillarda — “Viktor” masʼuliyati cheklangan jamiyatda savdo agenti, direktor oʻrinbosari
1997-2003 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi yetakchi ilmiy xodimi
2003-2010 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Siyosiy menejment va xalqaro jurnalistika” kafedrasi katta oʻqituvchisi
2010-2013 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Siyosiy menejment va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dotsenti
2013-yilda hozirga qadar — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

2023-10-11 11-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi