Xabaringiz bor yaqinda Ilxomjon Tuxtasinov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlangan edi. Bugun 29 sentyabr kuni ilk bor universitetda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari ham ishtirok etdi. Tadbirningning bosh maqsadi taʼlim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va taʼlim jarayoniga moslashishiga koʻmaklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam koʻrsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish masalalari boʻldi. Bu masalalarni hal etish uchun har bir talaba universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlaga biriktirib qoʻyilgan. 

Uchrashuvda ishtirok etgan tyutorlar bilan yaqindan tanishgan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov avvalo ularning vazifalarini yuzasidan suhbatlashdi. Talabalar oʻrtasida yuz berayotgan muammolarni tahlil qilib ularga yechim topildi. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashgʻulotlarini muntazam tahlil qilib borish, ularning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor boʻlib turish vazifasi tayinlandi.Kelishib olindiki, endilikda har chorak yakunida ʼʼ Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishda tyutorlarning oʻrni va roʻliʼʼ mavzusida oʻquv seminarlar tashkil qilinadigan boʻldi.

Uchrashuv so'ngida rektor barcha ishtirokchilarni 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kun munosabati bilan samimiy tabrikladi.

2023-09-30 01-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi