Bugun OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov Roman-german filologiyasi fakultetining kunduzgi va kechki taʼlim guruhlari, Rus filologiyasi kunduzgi va kechki taʼlim guruhlari va Media va kommunikatsiya fakultetining kundizgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 404 nafar sardorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. 

Doʻstona suhbatda asosan universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, sardorlar va ularning vazifalari kabi mavzularda muhokamalar boʻldi. 

Uchrashuvda prorektorlar, fakultet dekanlari, maʼnaviyat, oʻquv, ilmiy, xalqaro boʻlim boshliqlari, buxgalter, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi ishtirok etdi.

Samimiy ruhda oʻtgan muloqot fikr-mulohazalar va savol javoblarga boy boʻldi. Eng muhimi mazkur uchrashuv sardor talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

2023-10-26 05-43

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi