Al-Wadiy universitetida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi
Oliy taʼlim va ilmiy izlanishlar vaziri, shuningdek  iqtisodiyot va kichik korxonalarni rivojlantirish vaziri hamda Al-Wadiy universiteti rahbarlarining xorijiy talabalar,  xususan Oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Vazirlar Oʻzbekistonlik talabalarni qutlab, ularning oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bizning talabalar mehmonlarga oʻzbek milliy qoʻshiqlaridan ijro etib berdi.  

Maʼlumot uchun: Jazoirning Al-Wadiy universiteti bilan imzolangan shartnomaga asosan hozirgi kunda 1 nafar arab tili oʻqituvchimiz va 11 nafar talabamiz ushbu universitetda til va kasbiy malakalarini oshirmoqdalar.

2023-11-25 04-59

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi