19-fevral kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Finlandiya ta’lim tizimi bilan tanishish va tajriba almashishga qaratilgan malaka oshirish dasturi bo’yicha Finlandiyada bo’lib qaytgan 18 nafar O’zDJTU professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi. 

 

 

Tadbir davomida O’zDJTU Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori A.Nasirov boshchiligidagi guruh a’zolari xizmat safaridan olgan taassurotlari, xususan, Finlandiyadagi ta’lim tizimi, bu sohada amalga oshirilgan islohotlar, yangi, kreativ texnologiya va metodlar haqida bilib olgan ma’lumotlari bilan o’rtoqlashdi. 

 

 

Shuningdek, O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, sifatli ta’lim jarayonini yaratishda amalga oshirilishi kerak bo’lgan Finlandiya ta’lim tizimi usullari kabi masalalar muhokama qilindi. 

 

 

Yakunda dastur ishtirokchilari tomonidan “Finlandiya ta’lim tizimi” nomli taqdimot namoyish etildi va safardan videolavhalar tomosha qilindi.

2024-02-20 01-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi