2024-yil 9-aprel kuni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov Iordaniyaning At Tanal Al Arabiya tashkilotining mamlakatimizdagi vakili Tamer Yunisni qabul qildi.

Muloqot chogʻida tomonlar OʻzDJTUda arab tili boʻyicha test markazini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. 

Oʻzaro kelishuvga binoan 13-aprel kuni hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolash rejalashtirildi.

2024-04-15 03-23

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi