9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab talaba qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan volleybol musobaqalarining final bosqichi 6-may kuni nihoyasiga yetdi.

Musobaqalarda O’zDJTU fakultetlaridan tuzilgan jamoalarning barchasi faol ishtirok etdi.

Natijalar quyidagicha:

1-oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti;

2-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti;

3-oʻrin — Roman-german filologiyasi fakulteti.

Final bahslarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, gʻoliblarga sertifikat va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

G’olib jamoalarni tabriklaymiz va ularga bundan-da katta zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

2024-05-07 03-32

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi