15-fevral kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalar uchun jurnalist, siyosiy sharhlovchi Sharofiddin To’laganov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.


 
Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov Sharofiddin To’laganov ijodi haqida gapirib, jurnalistdan siyosiy sharh va tahlil mahoratini o’rganish zarurligini talabalarga ta’kidladi.

Davra suhbati davomida Sharofiddin To’laganovning siyosiy sharhlar, maqolalar jamlangan “Bu sirli dunyo” kitobi haqida suhbatlashildi. Shuningdek, talabalarga xalqaro va mamlakat hayotida kuzatilayotgan siyosiy jarayonlarni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida aytib o’tildi.

Ushbu mahorat darsida fakultetning Xalqaro jurnalistika hamda Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi talabalari ishtirok etdi.

2024-02-16 04-50

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi