6-yanvar kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida navbatdagi trening o’tkazildi.

Treningda O’zDJTU Ilmiy va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O. Yusupov hamda bir qator mas’ullar moderator sifatida ishtirok etib quyidagi mavzularda ma’ruzalar so’zlandi.


Ilmiy-pedagogik kadrlar sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy salohiyatni oshirishda me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanishning tartib qoidalari hamda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanish, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartibi.

Mahalliy, Scopus, Web of Science indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari kirgan ilmiy jurnallarda chop etish tartibi. Oliy ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi.

Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatga jalb etish hamda ularning iste’dodlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish.

2024-01-08 02-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi