Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti hamda Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tashabbusi bilan 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va talabalik umrning begʻubor fasli, katta hayot sari qadam qoʻyish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini taʼkidlab,  barcha talabalarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy tabrikladi.

Koʻtarinki kayfiyatda tashkil etilgan tadbirga yoshlarning sevimli sanʼatkoriga aylanib ulgurgan Yorqinxoʻja Umarov hamda Via Marokand guruhining tashrifi talabalar uchun chinakam sovgʻa boʻldi.

2023-11-16 10-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi