Joriy yilning 23-aprel kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Xitoy Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining hamkorlik kelishuvi" nomli taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirga  Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari delegatsiyalari tashrif buyurdilar. XXR OTMlari rahbar-xodimlaridan iborat mehmonlar 
fakultet dekani D.Djurayev va fakultet rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy doʻstligi birdamligini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, talaba-yoshlar tomonidan sahnaviy koʻrinishlar milliy raqslar namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan so'ng Xitoydan tashrif buyurgan universitet vakillari o'zlari faoliyat olib borayotgan universitetlarini tanishtirish bilan birgalikda o'zbek talabalari uchun bakalavriat va magistraturaga grant asosida o'qishlari mumkinligini ham taʼkidlab o'tishdi.

2024-04-24 05-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi