29 -noyabr kuni “10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari” kuni munosabati Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi Oʻzbekiston – inson huquqlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining ayollar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nazira Israilova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulshana Xudoyarova, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori Nazokat Tojiyeva, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika markazi direktori Muqaddam Rasulovalar ishtirok etdi. 

 Unda talabalar va ishtirokchilarga Oʻzbekistonda inson huquqlari himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, har bir inson oʻzining huquqlarini himoya qila olish borasida tavsiyalar va maʼlumotlar  berib oʻtildi. 

2023-11-30 01-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi