27-mart kuni O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan terrorchilik harakati hamda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, yurtimizda ham xushyorlikni oshirish, universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalarning xorijga chiqib kelishini nazorat qilish, ijarada yashovchi talabalar bilan ko‘proq shug‘ullanish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda xorijiy talabalar faoliyatidan doimiy xabardor bo‘lib turish va ularga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilish davomida universitet rektorining maslahatchisi, birinchi prorektor hamda dekanlarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

2024-03-30 05-17

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi