Joriy yilning 10-Noyabr kuni Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, aktyor  va aktrisalikda isteʼdodi bor talabalarni kashf qilish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida  universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tashabbusi bilan “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi.

 Gʻolib boʻlgan teatr jamoalari:

1-oʻrin ingliz tili uchinchi fakulteti  "Tumor"jamoasining Sh.Xamdamova tomonidan  sahnalashtirilgan "Jamila" nomli sahna asari 6.000.000 soʻm;

2-oʻrin  ingliz tili uchinchi fakulteti "Samo" yulduzlari jamoasining  "Parvona" nomli spektakli sahnalashtirildi 4.000.000 soʻm;

3-oʻrin Sharq filologiyasi fakultetining  “Sharqona” truppasi - “Qismat” sahna ko’rinishi sahnalashtirildi 2.000.000 soʻm.
Pul mukofotlari bilan taqdirlandilar

2023-11-13 03-18

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi