O’zDJTU Yoshlar akademiyasi va iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash bo’limi tashabbusi bilan “Contribute to the science” nomi ostida Yoshlar akademiyasi forumi o’tkazildi. Forumni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berib, yoshlarga yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar va ilm-fanning bugungi hayotimizdagi o’rni va ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Konferensiya doirasida e’lon qilingan “Maqolalar tanlovi” g’oliblari taqdirlandi, startaplar va innovatsiyalar bo’yicha tajribali mutaxassis, Yoshlar akademiyasi lideri A.Urunov startaplar va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va turli xil xalqaro tanlovlarda ishtirok etish bo’yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, dastur davomida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Ismatova tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

2024-04-25 08-14

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi