Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi
Kafedra mudiri:
Erdanova Zebiniso Abilkosimovna
Qabul vaqti: dushanba-juma (14:00-16:00)
+998979133353
prestonzebo1987@gmail.com
Kafedra faoliyati 2021-yildan boshlangan.
a) asosiy shtatda (asosiy shtat -20 ta, ilmiy darajasi -1ta)
b) ichki oʻrindoshlik (nafar 1 ta)
c) katta oʻqituvchi(nafar 4 ta)
d) oʻqituvchi (nafar 17 ta)
Kafedra mudiri faoliyat boshlagan: 05.09.2024
Kafedraning asosiy maqsadi: 3-bosqich talabalarining amaliy fanlarini mustahkamlash asosida ularni nazariy fanlarga yo‘naltirish.
Kafedraning asosiy vazifalari: talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga ko‘maklashish
Kafedraning ilmiy yoʻnalishi: tilshunoslik, pedagogika, metodika
Kafedrada oʻqitiladigan ta’lim yoʻnalishlari: Xorijiy til va adabiyoti
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar: Chet tillarini o‘qitishning integrallashgan kursi, Nazariy grammatika va til tarixi, Nazariy fonetika, Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, Akademik chet tili, Kognitiv semantika, Adabiyot va ijod,
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:
1. Kafedra professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlar tashkil etilganligi;
3. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanishi;
4. Kafedra professor-o‘qituvchilari Scopus, Web of Science, impakt factor va OAK ro‘yxatidagi jurnallarda maqolalar chop etishga yo‘naltirish;
5. Xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo’yilganligi;
6. Xorijiy professorlar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish;
7. 2025- yilda Xalqaro konferensiya o‘tkazishning rejalashtirilganligi;
8. “Yosh tadqiqotchilar” va “Step by step success” nomli to‘garaklarning faoliyat olib borilishi
Kafedra yutuqlari:
1. Erdanova Zebiniso Abilkosimovnaga v.b.dotsent unvonining berilganligi, 1 ta o‘quv qo‘llanmasining nashr guvohnomasiga egaligi, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta darsligining nashrga tavsiya etilganligi;
2. Safarova Zarina Giyasovnaning katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tganligi darsligi uchun nashr guvohnomasining olganligi, Scopus ba’zasida maqolasining chop etilganligi;
3. Mamatkulova Fotima Ashirkulovnaning filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining kafedra muhokamasiga qo’yilganligi, filologiya yo’nalishi bo‘yicha yaratgan lug‘atiga patent olganligi, Angliyaning Porthmouth universitetida malaka oshirganligi;
4. G’ulomova Rayhona Rustamjonovnaning o’quv qo‘llanmasiga patent olganligi, Canadaning Waterloo universitetida malaka oshirganligi, Scopus ba’zasida maqolasining chop etilganligi
5. Hujaniyozova Hilola Turayevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun dissertatsiya ustida ishlayotganligi, Angliyaning Nile universitetida malaka oshirganligi, xalqaro konferensiyalarda qatnashganligi;
6. Sultonova Maftuna Baxtiyarovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun dissertatsiya ustida ishlayotganligi, Angliyaning Porthmouth universitetida malaka oshirganligi;
7. Kasimxodjayeva Mo‘tabar Alimjanovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun dissertatsiya ustida ishlayotganligi, chet tillarini o‘qitishning integrallashgan kursi fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlayotganligi
8. Soatova Gulsunoy Ko‘paysinovnaning Angliyaning Nile universitetida malaka oshirganligi, xalqaro konferensiyalarda qatnashganligi;
9. Turobova Ozoda Bahodirovnaning Angliyaning Leeds universitetida grant asosida magistratura o‘qiganligi, Webster universitetida TESOL treyneri;
10. Safarova Zarina Giyasovna, Muxtashamova Parvina, Kasimxo‘jayeva Mo‘tabar Alimjanovna, Rashidova Gulshoda Ilhomiddin qizining Malaziyaning Sultan Idris universitetida 144 soatlik “Digital literacy and critical thinking skills in English” kursida stajirovka o‘tab kelishdi.
11. Alimova Dildora Kamiljonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun metodika yo‘nalishida ilmiy mavzusi tasdiqlandi.
12. G‘ulomova Rayxona Rustamjonovna filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorligini (PhD) olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy mavzusi tasdiqlandi.
13. Ilm-fanni 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2024-yilga rejalashtirilgan maqsadli ko‘rsatgichlarning indikatorlari natijalari reytingida Universitet bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani, professor-o‘qituvchilari bilan faol hizmat ko‘rsatganligi va fidokorona mehnati uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.