«Jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi

KAFEDRANIN TARIXI:

O‘zDJTUning Jismoniy madaniyat va sport»  kafedrasi (oldingi jismoniy tarbiya) 1963-yilda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan. 1992-yil 12-maydagi №401 sonli  PQga asosan Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bilan  Respublika Rus tili va adabiyoti pedogogika instituti birlashib O‘zDJTU tashkil etilgan. Kafedrada turli yillarda Respublikamizning yetakchi mutahasislari mehnat faoliyati yuritib, kafedra mudiri vazifasini bajarib kelishgan. Jumladan dotsent. G.N.Nurmuxamedov,  katta o‘qituvchilari L.Ya.Velichko,  M.A.Shaalimov, Sh.M.Muxamedjanov 2023 yildan boshlab E.O.Ochilov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

KAFEDRANING ILMIY-PEDAGOGIK SALOHIYATI:

Bugungi kunda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi, shu jumladan 1 nafar PhD, 1 nafar dotsent 4 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchilar, 1nafar stajyor-o‘qituvchi. 2 nafari sport ustasi, 5 nafari sport ustaligiga nomzod: Kafedraning ilmiy salohiyati 22%ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zDJTUda mutaxasislik bo‘yicha malakalarini oshirib kelmoqdalar.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari K.Raximqulov, E.Ochilov, Sh.Muxamedjanov, A.Xolikov va M.Shaalimovlar tomonidan “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi”,  “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi”, “Jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

KAFEDRA YUTUQLARI:

Kafedra professor-o‘qituvchilar tamonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan sport to‘garaklarida o‘z sport maxoratlarini oshirib kelayotgan talaba yoshlarimiz nufuzli xalqaro, respublika va shahar muqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

\v

 

 

 

«IN

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube