Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi

 

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, keng ko’lamli ma’naviy-axloiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimining maqsad va vazifalari

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsiz, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan foriq etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqiyotimizga tahdid soluvchi taqshi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogolantirib va muhofaza etish, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga mustahkam ishonch, sobit imon tuyug’sini kamol toptirishdan iborat.

Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi o’z faoliyatining samaradorligiga erishish uchun:

- universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

- barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini isobatga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;

- ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyug’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilishni ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining o’tgan qisqa vaqt davomida talaba-yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk shaxslar etib tarbiyalash, ularda uch ming yillik tarixga ega bo’lgan buyuk millatning bugungi yoshlari ekanligidan g’ururlanish, ko’p millatli o’zbek xalining tili, dini, madaniyati, urf-odatlariga xurmat bilan qarash hamda ona Vatanga sodiq farzand sifatida yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish, ishiga kamarbasta bo’lish hissini shakllantirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilgan hamda universitet jamoasi orasida sog’lom muhitni shakllantirish, tarbiyaviy ishlar sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning bo’sh vaqtlarini namunali o’tkazish, turli to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish, ular o’rtasida sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etish, turli tanlovlar o’tkazish an’anaga aylangan.

O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Shu bois, universitet pedagogik jamoasining bosh vazifasi sifatida ta’lim-tarbiya jarayoniniga uyg’un holda olib borish, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-axloiy tarbiya sohasidagi ishlarni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy sohada quyidagi yo’nalishlarda ish faoliyatini olib boradi:

- talaba-yoshlarni siyosiy-huquiy, iqtisodiy, ekologik, ma’naviy-axloiy, mafkuraviy, badiiy-estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalash, sog’lom turmush madaniyatini rivojlantirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;

- ularda kasb madaniyatini tarkib toptirish;

- jamoada umumiy va pedagogik madaniyatni oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish;

- O’zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqiyotiga munosib hissa qo’shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minoti, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o’quv-uslubiy asosini takomillashtirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularning faoliyatini takomillashtirish;

- milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ’ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlarini nishonlash;

- yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni olib borish;

- ommaviy axborot vositalarida targ’ibot-tashviqot ishlari bilan bog’li boshqa ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoda.

Universitetda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga keng imkoniyatlar yaratish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, universitetda sog’lom ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlashda “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari, teatrlar, muzeylar, tarixiy maskanlar va muqaddas qadamjolar, tabiat maskanlariga tashrif, mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlar va diqatga sazovor joylarga sayohat, turli tashkilotlar bilan ma’naviy sohada hamkorlik tadbirlariga asosiy e’tibor qaratilmoda.

Shuningdek, “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida universitet professor-o’qituvchilari va talabalarining mustaqillik inshootlari: Mustaqillik maydoni, Baxtiyor ona haykali, Ezgulik arkasi, Motamsaro ona haykali, Vatanga qasamyod haykali, Qatag’on qurbonlari majmuasi, madaniyat maskanlari: teatr (Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri, O’zbek milliy akademik teatri, Alisher Navoiy nomidagi katta teatr, O’zbek davlat drama teatri)larga, muzey (“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “San’at”, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeylari)ga, tasviriy san’at va ijodiy ishlar ko’rgazmalariga hamda yurtimizning muqaddas qadamjolariga tashriflariga katta ahamiyat qaratilmoda.

Shu bilan birga, universitet jamoasi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy bayramlari Mustaqillik bayrami, Navro’z bayrami, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan o’tkaziladigan tantanali tadbirlarda munosib ishtirok etib kelmoda.

 

Hodimlar :
Egamov Sohib Amonovich
Lavozim : Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi
Batafsil
Yuldashov Asqar
Lavozim : Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi
Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi