11- noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan uzoq yillar davomida taʼlim va fan xodimlari kasaba uyishmasi tashkilotlarida faoliyat koʻrsatib, tizimdagi tashkilot va muassasalar xodimlarini ijtimoiy – iqtisodiy, maʼnaviy –maʼrifiy, mehnat va mehnatga oid munosabatlarda huquq va manfaatlarini himoya qilishda amalga oshirgan ishlarini inobatga olib, bir guruh tashkilotlarning kasaba uyushmalari rahbarlari Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyishmasi Toshkent shahar boʻlinmasi Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Ular orasida OʻzDJTU Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo'mitasi raisi Fayzullo Baxramov ham bor.

 Bugun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati Fayzullo Baxramovni kasb bayrami munosabati hamda faxriy yorliqqa munosib topilgani bilan tabrikladi. Shuningdek, Fayzullo Baxramovga universitet tomonidan esdalik sovgʻasi topshirildi.   

2023-11-11 01-19

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi