12-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Stipendiyalar kengashi kotibiyati va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

XXR Stipendiyalar kengashi sekretariati Bosh kotibi oʻrinbosari Tian Lulu, XXR Stipendiyalar kengashi xalqaro talabalar bilan ishlash ofisi direktori Li Yanguang, XXR Stipendiyalar kengashi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari boʻyicha loyiha menejeri Xuang Yuyebin, 80 nafardan iborat XXR OTMlari rahbar-xodimlaridan iborat mehmonlar OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov va universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi. 

Shuningdek, uchrashuvda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Xakimova, Xitoy tili guruhi oʻqituvchi va talabalari ishtirok etdi.

2023-12-13 04-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi