14-fevral kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ishlab chiqarish yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda universitetning 75 yilligini nishonlash bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va moliyalashtirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari, universitetning kelajakdagi maqsadlari,yangi akademik dasturlarni ishga tushirish,tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalarga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga qulay sharoit yaratish, o'quv va turar joy binolarining sifatini yaxshilash,o'quv materiallari va texnologiyalarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, ularning kasbiy amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
2024-02-16 03-01