2023-yil 12-oktabr kuni OʻzDJTU rektori professor Ilxonjon Tuxtasinov va Xitoy taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi direktori oʻrinbosari Song Yeongbo rahbarligidagi mazkur tashkilot vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushrashuv davomida tomonlar xitoy tilini oʻqitishni rivojlantirish, Xitoy oliygohlari bilan talaba va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, mahalliy xitoy tili oʻqituvchilari malakasini oshirish, talabalar uchun qishki va yozgi til maktablarini tashkil qilish hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida HSK test markazini tashkil qilish masalalarini muhokama qilindi. 

Rektor professor Ilxomjon Tuxtasinov barcha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, universitet doim hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

2023-10-12 08-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi