15-aprel kuni O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini N.Kadirova, Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi katta o’qituvchisi D.Kamalova, fakultet tyutori Sh.Xamdamova, FVV Akademiyasi Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik M.Badalbayeva, FVV Akademiyasi kursantlari va O’zDJTU talabalari bilan birgalikda  Fuqarolik muhofazasi institutiga ekskursiya tashkil etildi.

 

Ekskursiyada “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-mashg‘ulot tadbiri bo’lib o’tdi. Tashrif jarayonida talabalar respublikamizning bosh o'quv uslubiy va ilmiy pedagogik markazining ish faoliyati bilan tanishishdi. Muassasada tashkil etilgan muzey faoliyati, undagi eksponatlarni o’rganish, ularning darajalari va tarixi haqida ma’lumot berildi. 

Ayniqsa, dastur davomida simulyatsiya xonasida zilzilaning kelib chiqishi, uning darajalarining ko’rsatilishi barcha ishtirokchilar uchun eng qiziqarli mashg’ulot bo’ldi.

2024-04-17 03-38

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi