O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 17-oktabr kunlari “Italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.
Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
-
Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlar
-
Sun’iy intellekt asosidagi ilovalar yordamida xorijiy tilini o‘rgatish
-
Raqamlashtirish davrida filologiya masalalari
-
Tilshunoslik va lingvodidaktika muammolari va yechimlari
-
Tarjimashunoslik va tillararo aloqa muammolari
-
Italyan, o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi rivoji
Konferensiya anjumanida ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 10-oktabrga qadar quyidagi manzilga yuborishlari so‘raladi:
@shaxbozm yoki italyan.kafedra@gmail.com / Tel: +998 93 343 82 65
Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-A uy