2024-yil 22-yanvar kuni XXRning Pekin shahrida Xitoy-Oʻzbekiston taʼlim forumi o'z ishini boshlagan edi. 

 

 

Tadbirda OʻzDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Forum doirasida Xitoyning Lyaodun universiteti bilan OʻzDJTU oʻrtasida hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. 

Oʻzaro kelishuvga koʻra, qoʻshma taʼlim dasturi talabalari 2 yil davomida OʻzDJTUda xitoy tili yoʻnalishi boʻyicha shartnoma-toʻlov asosida tahsil oladi, 3- va 4-bosqichlarda Lyaodun universitetida biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha Xitoy Taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi (avval Xanban tashkiloti) granti asosida bepul tahsil olish imkoniga ega boʻladi. Qoʻshma taʼlim dasturi bitiruvchilariga har ikkala universitet diplomlari beriladi. 

Shu bilan birga, I.Tuxtasinov Xitoyning Pekin tillar va madaniyat universiteti, Pekin va Shanghai chet tillar universiteti hamda tadbirga taklif etilgan boshqa Xitoy OTMlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari, xususan, almashinuv dasturlari va ilmiy tadqiqot va tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib bordi.

2024-01-23 03-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi