O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Innovatsion Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Innovatsion Kengashda universitetda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi muhokama qilindi. Dasturda O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va prorektorlar, bo’lim boshliqlari va boshqa rahbariyat vakillari ishtirok etdi. Yig’ilish davomida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Feruza Abdullayeva tomonidan 2024-yilda oliygohni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va istiqboldagi rejalar bo’yicha taqdimot namoyish etildi.

2024-03-16 10-40

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi