Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” kafedrasi tomonidan O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universitetining iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda “Media. Til va madaniyat. Tarjima” mavzusidagi talabalar ilmiy amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Konferensiyada Til va nutq madaniyat ko’zgusi, Tarjima san’ati va mahorati, Zamonaviy media tili: Standartlik va ekspressivlik, Medianing zamonaviy tendensiyalari mavzulari yuzasidan muhokama olib borildi va taqdimotlar namoyish etildi. 

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” mavzusidagi konferensiya yakunida faol yoshlar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2023-11-15 01-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi