O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviy-ma’rifiy kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ma’naviy-ma’rifiy kengashning 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev olib bordi.

 

 

Mazkur yig‘ilish fakultet ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari, fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari hamda tyutorlari uchun tashkil etildi.

Kun tartibida 2024–2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi, 2025–2026-o‘quv yili uchun rejalar belgilab olindi hamda tyutorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 

Yig‘ilishda universitet xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor Madina Nurmuxamedova Xasanovna ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tyutorlarga tushuncha va maslahatlar berdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube