O‘zDJTU rahbariyati talabalar yashash sharoitini o‘rgandi
7-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet ma’muriyati vakillari bilan birgalikda ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida rektor bir nechta turar joylarga kirib, talabalarning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik masalalari hamda ma’naviy muhit bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — talabalarning hayot tarzini o‘rganish, ularning darsdan tashqari faoliyati bilan tanishish va mavjud muammolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘ldi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, ijtimoiy faolligi hamda yashash sharoitlariga oid fikrlarini diqqat bilan tingladi. Talabalar o‘z muammolari, takliflari va kundalik hayotdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, xonadon egalari bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga talabalarga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish va zarur qulayliklarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Rektor ta’kidlashicha, talabalarning qulay, xavfsiz va sog‘lom muhitda yashashi — universitet rahbariyatining doimiy e’tiborida.