O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari Chilonzor tumanidagi ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi
Rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning ehtiyojlari va muammolari haqida so‘zlashdi. Shuningdek, uy egalari bilan uchrashib, talabalarga qulaylik yaratish masalalarini muhokama qildi va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Ilxomjon Tuxtasinov universitet ro‘parasida joylashgan talaba qizlar uchun ajratilgan yotoqxonada ham bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan tanishdi va u yerdagi talabalarning fikr-mulohazalarini tingladi. Talabalarga elektr va gazdan, dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikka rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida ham maslahat va tavsiyalar berildi.O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari Chilonzor tumanidagi ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.