O'zbekiston davlat jahon tillari  universiteti rektori tomonidan ilmiy unvon sohiblari taqdirlandi

Joriy yilning 28-sentabr kuni O'zDJTU faollar zalida universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ishtirokida universitet kengashi bo'lib o'tdi. 

Dastur davomida o'z faoliyati davomida ko'plab muvaffaqqiyatlarga erishib kelayotgan o'qituvchilar, shuningdek, ilmiy daraja va unvon sohiblari rektor tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Jumladan:
—  “Ingliz tili funksional leksika” kafedrasi v.b.dotsenti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Xolmurodova Madina Alisher qizi;
— “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1” kafedrasi katta oʻqituvchisi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Sheraliyeva Shirin Abdisalomovna;
— Tarjimonlik fakulteti oʻquv ishlar boʻyicha dekan muovini 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan  Azzamov Yusufjon Radjabboy o'g'li noutbuk bilan;
— “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, universitet professori Paluanova Xalifa Daribayevna FEP (Faculty Enrichment Program)  granti asosida 2023-yil yanvar-may oylarida AQShning Shimoliy Karolina Uyilmington Universiteti ingliz tili kafedrasi «Faxriy professori» unvoni sohibasiga aylangani uchun maxsus estalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

Xususan, Filolologiya fanlari doktori , professor,  Jahon adabiyoti  kafedrasi mudiri Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna oʻzbek, turk, ingliz tillarida nashr qilgan “Qiyosiy adabiyotshunoslik”  kitoblari   va komparativistika yoʻnalishida innovatsion gʻoyasi uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining ilmiy  loyihalar tanlovi gʻolibligini qo'lga kiritib, siyosiy adabiyotshunoslik boʻyicha ilmiy asarlari uchun Turkiyaning Anqara shahridagi  komparativistika  ilmiy markazi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangani uchun;

— Filologiya fanlari doktori,  dotsent Toʻrayeva Bahor Bahriddinnovna olima ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi innovatsion loyiha“ tanlovida  BOBUR.COM  platformasi uchun “Eng yaxshi dastur va ma'lumotlar bazasi muallifi” nominatsiyasi gʻolibi deb topilgani uchun taqdirlandi. 

Yakunda O'zDJTU rektori universitetning barcha xodimlariga kelgusidagi ishlarda bundan-da katta muvaffaqqiyat va e'tiroflarga erishishini tilab, o'z samimiy tilaklarini bildirdi.

2023-09-28 07-34

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi