Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev va Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi F. Sultonov Yangi Ipak Yoʻli fondi taklifiga binoan Tailand Qirolligida rasmiy xizmat safarini amalga oshirmoqda.
2025-yil 29-aprel kuni OʻzDJTU vakillari Tailand Qirolligining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Assumption University of Thailandda tashkil etilgan hamkorlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Mazkur anjumanda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari vakillari ham qatnashdi.
Tadbir davomida OʻzDJTU delegatsiyasi universitetimizning xalqaro maydondagi faoliyati, QS va Times Higher Education reytinglaridagi natijalari hamda til taʼlimi sohasidagi ilgʻor tajribalari haqida taqdimot oʻtkazdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy loyihalar va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Tashrif yakunida OʻzDJTU va Assumption University oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat tomonlar oʻrtasida akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot faoliyati, qoʻshma loyihalar va taʼlim dasturlarini amalga oshirish yoʻlida yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, OʻzDJTU vakillari tomonidan Assumption University prezidenti Sirichai Fonseka janoblariga va universtiet boshqaruv mamuriyatiga esdalik sovgʻalari va oʻzbek milliy doʻppisi tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur rasmiy tashrif OʻzDJTU xalqaro hamkorlik tarmogʻini kengaytirish, universitetning global taʼlim maydonidagi oʻrnini mustahkamlash va yangi istiqbollar ochish sari muhim qadam boʻldi.