OʻzDJTU Sport klubi faoliyati boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

18-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari hamda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mas’ullari ishtirokida yigʻilish tashkil etildi. 

 

 

Dastur davomida 2025-2026 oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlar, kelajakdagi rejalar haqida hisobot taqdim etilib, erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Shuningdek, sport musobaqalari sonini oshirish, talabalarni sportga keng jalb qilish, toʻgaraklar sonini koʻpaytirish, sport bilan shugʻullanuvchilar sonini sezilarli oʻstirish borasida muzokara olib borildi. 

Yakunda rahbariyat vakillari tomonidan OʻzDJTU qoshidagi sport klubi faoliyati ijobiy baholandi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube