2025-yil 19-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” (IT Park) delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda IT Park rahbari maslahatchisi Axmed Aboulezze, tashqi loyihalarni muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassislari Bobur Xushbakov va Feride Seyidova ishtirok etishdi.

OʻzDJTU tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V. Sadiyev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M. Chutpulatov, Registrator ofis boʻlim boshligʻi A. Ahmedov hamda Talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi F. Eshmamatov qatnashdi.

 

 

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni tayyorlash va ish bilan ta’minlash boʻyicha qoʻshma dasturlar, IT xizmatlari va autsorsing yoʻnalishida hamkorlik imkoniyatlari hamda oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlarga IT Park faoliyati, uning asosiy vazifalari va Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yakunda ikki tomon uchun ham manfaatli kelishuvlarga erishildi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube