OʻzDJTUda navbatdagi “Rektor va talabalar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

19-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Ingliz tili 1-fakulteti talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

 

Dastur avvalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov Ingliz tili 1-fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Soʻng talabalarga universitetdagi sharoitlar, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berib, yoshlarni bilimli, izlanuvchan hamda vatanparvar bo‘lishga chorladi.

Dasturda, shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, boʻlim boshliqlari va fakultet mas’ullari ham bevosita qatnashdi. Talabalar ulardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

 

 

Bu suhbat talabalarga nafaqat zaruriy bilimlarni, balki universitet hayotiga tezroq moslashish imkoniyatini ham taqdim etdi.

Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirib, ular hayotining yangi bosqichi uchun foydali ma’lumotlarga boy boʻldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube