O‘zDJTUda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Face ID tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba va xodimlar xavfsizligini yanada mustahkamlash, shuningdek, kirish-chiqish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tartibga solish maqsadida Face ID tizimini joriy etish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur taqdimotda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va mas'ul  xodimlar ishtirok etdi. Unda Face ID tizimining ishlash mexanizmi, uni o‘rnatish bosqichlari, xavfsizlikni ta’minlashdagi samaradorligi hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari keng yoritib berildi.

Ushbu innovatsion tizim orqali universitet binolariga kirish faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar yuzini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bu esa, nafaqat xavfsizlikni oshirish, balki tashriflar statistikasi, kechikishlar monitoringi kabi ko‘plab ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish imkonini beradi.

 

 

Taqdimot yakunida qatnashchilar Face ID tizimining joriy etilishi universitet faoliyatida raqamli transformatsiyaning muhim bosqichi ekanligini ta'kidladilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube