2025-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor professor I. Tuxtasinov, xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev hamda kafedra mudiri N. Xamidova Yapon filologiyasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan yapon tili egasi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy 2025–2026 o‘quv yilida universitetimizda 11 nafar yaponiyalik professor-o‘qituvchi, jumladan Noto Kuniyuki, Ohno Tomozuki, Uexara Manabu, Ujiie Yuta, Hiromu Yamagishi, Kamei Yukari, Takata Junko, Abe Nanaho, Matsuo Kazuhiko, Matsuo Toshiko va Yukiko Miyagoshi talabalarga yapon tilini bevosita ona tili egasi sifatida o‘rgatishda faol ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida xorijiy mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, yapon filologiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan ta’limiy va ilmiy faoliyat, til to‘garaklari, shuningdek, talabalarni yapon tilidan notiqlik san’ati tanlovining respublika va Osiyo bosqichlariga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Universitetning Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada kengaytirish yo‘llari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘zbek auditoriyasi uchun yapon tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu nuqtada JICA volontyori professor Noto Kuniyuki tomonidan kafedra o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan yangi darsliklar haqida ma’lumot berildi.

 

   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube