25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Ilm-fan va innovatsiya 2024” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirni  OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etildi. 

Unda nafaqat respublika miqyosida, balki Rossiya, Xitoy, Belarussiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ukraina kabi rivojlangan davlatlar olimlari onlayn tarzda ishtirok etib oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

Maʼlumot uchun: jami 90 ta ilmiy maqolalar xalqaro konferensiya maqolalar toʻplamiga kiritiladi.

2024-04-26 04-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi