27-fevral kuni O’zDJTU Axborot-resurs markazida Xotin-qizlar maslahat kengashi a'zolari, dekan maslahatchilari  va "Qizlarjon klubi" yetakchilari ishtirokida "Kitobxon qiz" tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi. 

Tanlovda 9 ta fakultetdan saralab olingan, talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi 9 nafar kitobsevar qizlar qatnashdi. 

Tanlovda quyidagi talabalar g’oliblikni qo’lga kiritdi: 
1-o’rin – Rus filologiyasi fakulteti 2-bosqich OT guruh talabasi Xilola Xamrayeva;
2-o’rin – Ingliz tili 3-fakultetidan Dilobarxon Anvarxonova;
3-o’rin – Tarjimonlik fakultetidan Diyora Akramova.

G’oliblarga universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg’alari taqdim etildi.  

Shuningdek, tadbir so'ngida "Qizlarjon klubi" yetakchilariga universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan ramziy ma'noga ega bo'lgan sharflar sovg'a qilindi.

Mazkur tanlov talaba qizlarning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish va ularning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

2024-02-28 01-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi