Yozgi lager (Summer Camp)

Dastur maqsadlari:

  • Talabalar uchun intensiv amaliy tarjima mashg‘ulotlarini tashkil etish

  • Og‘zaki va yozma tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish

  • Madaniyatlararo muloqotga o‘rgatish

  • Jamoada ishlash va liderlik qobiliyatlarini shakllantirish

  • Ingliz tilida erkin muloqot qilish muhitini yaratish

  • 5 yoki 7 kunlik intensiv o‘quv dasturi

  • Har kuni 4–6 soatlik faol mashg‘ulotlar

  • Ishtirokchilar: Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishidagi 2–4 kurs talabalar

  • Dastur rahbarlari: 2–3 nafar o‘qituvchi yoki mentor

Kundalik jadval:
09:00–09:30 – Ertalabgi brifing / Tanishuv mashqlari
09:30–11:00 – Mavzuli seminar (nazariya va amaliyot)
11:00–11:15 – Tanaffus
11:15–12:45 – Amaliy tarjima vazifasi (juftlik yoki guruh bo‘lib ishlash)
12:45–13:45 – Tushlik
13:45–15:00 – Og‘zaki tarjima mashqlari yoki rolli o‘yinlar
15:00–16:00 – Refleksiya darsi / Fikr almashish / O‘yinlar

Namuna sifatida kunlik mavzular:
1-kun – Tarjima va og‘zaki tarjimaga kirish / Tanishuv mashqlari
2-kun – Ketma-ket tarjima texnikasi va amaliyoti
3-kun – Yozma tarjima mashg‘uloti (yangiliklar, adabiyot, huquqiy matnlar)
4-kun – Sinxron tarjima asoslari / Shadowing mashqlari
5-kun – Maxsus tarjima (texnik, tibbiy)
6-kun – Madaniy tarjima va lokalizatsiya
7-kun – Yakuniy loyiha taqdimoti va sertifikat topshirish marosimi

Faoliyat turlari:

  • Nazariy ma’ruzalar va seminarlar

  • Guruh bo‘lib tarjima mashqlari (o‘zbekcha ↔ inglizcha)

  • Shadowing (eshitib takrorlash) mashqlari

  • Rolli o‘yinlar (matbuot anjumanlari, sud tarjimasi, biznes uchrashuvlar)

  • Lug‘at o‘yinlari va viktorinalar

  • Kino yoki videolarga subtitr yozish mashg‘ulotlari

  • Ingliz tilidagi bahs-munozaralar va fikr almashuv

  • Mehmon spikerlar ishtiroki (professional tarjimonlar, bitiruvchilar)

Mas’ul o‘qituvchilar:
O. Bayjanova: +998 90 912 23 89
R. Mavlonova: +998 77 014 60 10
Sh. Sharobbidinova: +998 90 997 78 16
Abdullayev Sh.: +998 97 865 97 70
Yo‘ldoshxonov J.: +998 91 617 99 10

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube