Hurmatli talabalar, ustozlar va obunachilar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Хorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichi 2025-yil 11–12-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli tanlov ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon hamda arab yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli yoshlar unda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Olimpiadaning maqsadi:
- talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
- ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- xorijiy tilni o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- tarjimonlik mahoratini oshirish;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni kuchaytirish.
Ushbu tanlov yoshlarning salohiyati, iste’dodi va intellektual imkoniyatlarini namoyon etish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga yuqori natijalar va zafarlar tilaymiz!