Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham uning soni bilan o’lchanmaydi. Yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir! 
V.Gyugo

 Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi va Roman-german filologiyasi fakultetlarida "Yoshlar matbuoti" va "Yangi asr avlodi" nashriyotlari bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi o’tkazilmoqda.

“5 muhim tashabbus”ning 4-yo’nalishi — Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. 

Yarmarkada kitobxonlar uchun o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan 300 dan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube