2025-yil 21-oktyabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mas'ul o’qituvchilari F.Maxmanazarova va G.Aminova tomonidan “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan maqsad talaba yoshlarimizni o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatni oshirish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, ona tilimizning jozibasi va buyukligini keng targ‘ib etishdan iborat. 

Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. Ishtirokchilar tilimizning boyligi, tarixiy ildizlari va zamonaviy taraqqiyoti haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishdi. Tadbir ishtirokchilarda ona tilimizga bo‘lgan faxr va muhabbat tuyg‘usini yanada oshirdi. 
   

   

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube